» » Bill Geyts pandemiyadan keyingi odatdagi hayot tarzi qachon boshlanishini ma’lum qildi

Bill Geyts pandemiyadan keyingi odatdagi hayot tarzi qachon boshlanishini ma’lum qildi


Microsoft asoschisi va sobiq rahbari Bill Geytsning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasidan so‘ng dunyo bir yoki ikki yildan keyingina odatdagi hayot tarziga qaytishi mumkin. Bu haqda u Figaro nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Bir yoki ikki yilsiz odatdagi hayot tarzimizga qaytmaymiz”, — degan milliarder.

Geytsning ta’kidlashicha, odamlar baribir virus bilan kasallanish ehtimolidan xavotirda bo‘ladi va o‘z xatti-harakatlarini tubdan o‘zgartiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi vaziyat davolash yoki vaksina “o‘lim holati xavfini ortda qoldirishi”ni isbotlanmagunga qadar davom etadi.

Geytsning fikricha, hozir Xitoyni “shoshma-shosharlik bilan ayblash” emas, balki hamkorlik qilishning ayni vaqti.

Fevral oyining oxirlarida Bill Geyts koronavirusning tarqalish tezligini 1918-yilda tarqalgan ispan grippiga qiyoslagan edi. O‘shanda “ispanka” oqibatida dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq odam vafot etgan.

Avvalroq Bill Geyts Trampning Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatish qarorini xavfli deb atagandi: “Agar uning ishi to‘xtaydigan bo‘lsa, boshqa hech qanday tashkilot uning o‘rnini bosolmaydi. Hozirda JSST bizga har qachongidan ham zarur”, — dedi Microsoft asoschisi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarining ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi hali beri tugamaydi.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni vaqtli olib tashlamaslikka chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют