» » Toyota kompaniyasi Crown’ning 65 yillik yubileyi munosabati bilan yaratilgan modelni taqdim etdi

Toyota kompaniyasi Crown’ning 65 yillik yubileyi munosabati bilan yaratilgan modelni taqdim etdi


Toyota qayta ishlangan Crown modelini ikkita cheklangan versiyada namoyish etdi. Mazkur yangilik modelning 65 yillik yubileyi munosabati bilan yaratilgan, deb xabar beradi Yahoo.

Yangilangan Crown yapon bozorida sotuvga chiqadi. Unga Apple CarPlay hamda Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimi o‘rnatiladi.

Cheklangan versiyasidagi RS Limited va RS Four Limited avtomobillarga 18 dyuymli g‘ildirak diskalari o‘rnatilgan bo‘lib, old o‘rindiqlari sport uslubida yaratilgan. Ularga ko‘rinmas zonalarni monitoring qilish tizimi hamda orqaga harakatlanganda avtomatik ravishda tormozlanish funksiyasi o‘rnatiladi.

S Elegance Style II va S Four Elegance Style II salonlari ichiga yog‘och elementlari va alkantara materiali bilan ishlov berilgan.

Toyota Crown’ga 245 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor o‘rnatiladi. Shuningdek, 226 yoki 359 ot kuchiga ega mos ravishda 2,5 yoki 3,5 litrli atmosfera bazasidagi gibrid motorlar ham taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют