» » Buxoroda 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qolgan

Buxoroda 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qolgan


Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlari bilan 27-aprel oqshomida kuzatilgan kuchli shamoldan so‘ng aloqa uzilib qolgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Qorako‘l va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sababli tegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini o‘rganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Karantin davrini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida o‘tkazayotgan “Daryo” jurnalisti, taniqli bloger Feruz Muhammad bilan hozircha bog‘lanib bo‘lmayapti.

Avvalroq 27-aprel oqshomida kuzatilgan kuchli shamoldan so‘ng Buxoro viloyatida elektr ta’minotida uzilishlar yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumanida aloqani ta’minlovchi teleminora qulagani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi.

Mavzuga doir: “Avval ustiga daraxt ag‘darilgan, so‘ng bo‘yniga elektr simi o‘ralashib qolgan”. Buxoroda kuchli shamol qurboniga aylangan fuqaro o‘limining tafsilotlari ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют