» » Toshkentda koronavirusga chalingan 2 nafar chaqaloq tuzaldi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 958 kishiga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 2 nafar chaqaloq tuzaldi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 958 kishiga yetdi


Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida koronavirus bilan xastalangan 24 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlarning 20 nafari Toshkent shahrida yashaydi. Shuningdek, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida yashovchi 1 nafardan fuqaro ham kasallikdan tuzalganlar qatoridan o‘rin olgan. Ulardan 5 nafari Turkiyadan Istanbul—Toshkent yo‘nalishida, 4 nafari Rossiyadan Moskva—Toshkent yo‘nalishida charter reyslar orqali kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 15 kishi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Bemorlardan 11 nafari erkak, 13 nafari ayol. Ular orasida eng kattasi 65 yoshda, eng kichiklari esa 11 oylik va 1 yoshli chaqaloqlar hisoblanadi.

Ushbu klinikada shu paytga qadar COVID-19 kasalligidan tuzalganlar soni 87 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar soni esa 958 nafarga yetdi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalinib, shifoxonaga juda og‘ir ahvolda olib kelingan 72 yoshli bemor sog‘aygani va mamlakatda sog‘ayganlar 934 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda 28-aprel soat 14:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 15 kishiga ko‘payib, 1939 nafarga yetdi. 15-martdan buyon mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi,



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют