» » “Odamlar ommaviy tarzda Buxoro shahri tomon ketmoqda”. Internetda traktor tirkamasida ketayotgan qorako‘lliklar videosi paydo bo‘ldi

“Odamlar ommaviy tarzda Buxoro shahri tomon ketmoqda”. Internetda traktor tirkamasida ketayotgan qorako‘lliklar videosi paydo bo‘ldi


Telegram’dagi Buxoro viloyati yangiliklarini yoritib boruvchi kanallarda Qorako‘l tumanidagi vaziyatga daxldor foto va videosuratlar paydo bo‘ldi. Ilova qilingan axborotda ta’kidlanishicha, aholi ommaviy tarzda viloyat ma’muriy markazi — Buxoro shahri tomon ketishni boshlagan.

“Potrebitel Buxara plyus” kanalida e’lon qilingan videoyozuvda odamlar nafaqat yengil avtomobillarda, balki yuk mashinalari va hatto traktor tirkamalarida ham ketayotganini ko‘rish mumkin; yo‘lda bir tomonga harakatlanayotgan avtomobillarning uzun karvoni paydo bo‘lgan.

Ayni vaqtda, @bukharainfo kanalida 15:41 da qoldirilgan xabarga ko‘ra, “hozirgina shahar ustidan ikkita vertolyot uchib, Qorako‘l tomon yo‘l olgan”. Avvalroq viloyatga kuchli shamol talofatlari bilan bevosita tanishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgani ma’lum qilingan edi.

Qorako‘l tumanidagi vaziyat haqida hozircha biror rasmiy axborot berilgani yo‘q.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют