» » Braziliya sudi mamlakat prezidenti Bolsonaruga nisbatan tergov boshlashga qaror qildi

Braziliya sudi mamlakat prezidenti Bolsonaruga nisbatan tergov boshlashga qaror qildi


Braziliya Oliy federal sudi sobiq adliya vaziri Serjiu Moroning mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruga qarshi ayblovi sabab tergov boshlash bo‘yicha qaror qabul qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Sud qaroriga ko‘ra, tergov ishlarini olib borishga 60 kun ajratiladi.

O‘tgan hafta Braziliya adliya vaziri Serjiu Moro prezident bilan federal politsiya rahbariyatining almashishi borasida kelisha olmagani sabab iste’foga chiqishini ma’lum qilib, Bolsonaruni korrupsiyaga oid mojarolarni tergov qilishga mas’ul idoraning faoliyatiga aralashishda ayblagan edi. Shundan so‘ng, Braziliya Bosh prokuraturasi Oliy federal suddan Moroning ayblovi bo‘yicha Bolsonaruga nisbatan tergov boshlashni so‘ragan. Ta’kidlanishicha, Oliy federal sud tergov boshlashga qaror qilgan, bosh prokuror esa rasman ayblovni e’lon qilishi mumkin.

O‘z navbatida Bolsonaru ayblovdan so‘ng, hech qachon o‘z oilasini federal politsiya yordamida himoya qilishga urinmaganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют