» » “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning to‘rtinchi Talgo tezyurar poyezdi Peterburgga yetib keldi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning to‘rtinchi Talgo tezyurar poyezdi Peterburgga yetib keldi


Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” uchun tayyorlangan Talgo 250 poyezdi negizidagi yangi “Afrosiyob” poyezdining navbatdagisi dengiz yo‘li orqali Bilbaodan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib keldi.

“Afrosiyob” poyezdlarini to‘rtinchi marta O‘zbekistonga yetkazib berayotgan UCL Holding kompaniyasi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, poyezd 14-aprel kuni Peterburg portiga tushirilgan. Uni keyinroq “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi teplovozi O‘zbekistonga olib ketishi aytilmoqda.

Yangi “Afrosiyob”larning dastlabkisi 2017-yilning mart oyida O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Bungacha 2011-yili dastlabki ikkita Talgo poyezdlari O‘zbekistonga olib kelingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (17-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют