» » Surxondaryoda Nexia va “Kamaz” to‘qnashuvi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Surxondaryoda Nexia va “Kamaz” to‘qnashuvi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi


27-aprel, dushanba kun, soat 09:30 larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa 4K-592 yo‘lining 9-kilometrida yuz bergan. 1999-yilda tug‘ilgan M.T. Nexia’ni boshqarib ketayotganida oldinda harakatlanayotgan mashinani quvib o‘tish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqqan vaqtida qarshisidan harakatlanib kelayotgan “Kamaz-652043” rusumli yuk transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Nexia yo‘lovchisi 1993-yilda tug‘ilgan F.K. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Haydovchi M.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Aprel oyining to‘rtinchi haftasida odam o‘limi bilan yakunlangan yana bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 20-aprel kuni Muborak tumanida Spark va “Zil” to‘qnashuvi oqibatida 32 yoshli Spark haydovchisi, 21-aprel kuni Boysun tumanida Nexia qo‘ylarni haydab ketayotgan cho‘ponni urib ketishi oqibatida 28 yoshli cho‘pon, Chirchiq shahrida Nexia-3 piyodani urib yuborishi oqibatida 60 yoshli piyoda, 22-aprel kuni Sariosiyo tumanida Captiva velosipedchini turtib yuborib, so‘ng devorga urilishi oqibatida 31 yoshli yo‘lovchi, 23-aprel kuni Konimex tumanida Nexia-3 ag‘darilib ketishi oqibatida 24 yoshli haydovchi, 24-aprel kuni Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi tog‘ga urilishi oqibatida 37 yoshli haydovchi, 26-aprel kuni yuk mashinasi piyodani urib yuborishi oqibatida 20 yoshli qiz vafot etgandi.

YHXBB yo‘l harakati ishtirokchilarini karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik, zarurat bilan chiqqanda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют