» » Internetda traktor tirkamasida ketayotgan qorako‘lliklar videosi paydo bo‘ldi

Internetda traktor tirkamasida ketayotgan qorako‘lliklar videosi paydo bo‘ldi


Davomi: FVV: Qorako‘l va Olotda toshqin haqida asossiz mish-mish tarqalgan. Aholi yashash joylariga qaytarilmoqda

Telegram’dagi Buxoro viloyati yangiliklarini yoritib boruvchi kanallarda Qorako‘l tumanidagi vaziyatga daxldor foto va videosuratlar paydo bo‘ldi. Ilova qilingan axborotda ta’kidlanishicha, aholi ommaviy tarzda viloyat ma’muriy markazi — Buxoro shahri tomon ketishni boshlagan.

“Potrebitel Buxara plyus” kanalida e’lon qilingan videoyozuvda odamlar nafaqat yengil avtomobillarda, balki yuk mashinalari va hatto traktor tirkamalarida ham ketayotganini ko‘rish mumkin; yo‘lda bir tomonga harakatlanayotgan avtomobillarning uzun karvoni paydo bo‘lgan.

Ayni vaqtda, @bukharainfo kanalida 15:41 da qoldirilgan xabarga ko‘ra, “hozirgina shahar ustidan ikkita vertolyot uchib, Qorako‘l tomon yo‘l olgan”. Avvalroq viloyatga kuchli shamol talofatlari bilan bevosita tanishish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurgani ma’lum qilingan edi.

Qorako‘l tumanidagi vaziyat haqida hozircha biror rasmiy axborot berilgani yo‘q. Avvalroq 27-aprel shamolidan so‘ng tuman bilan aloqa uzilib qolgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют