» » FVV: Qorako‘l va Olotda toshqin haqida asossiz mish-mish tarqalgan. Aholi yashash joylariga qaytarilmoqda

FVV: Qorako‘l va Olotda toshqin haqida asossiz mish-mish tarqalgan. Aholi yashash joylariga qaytarilmoqda


Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida go‘yoki Amudaryo suvlari qirg‘oqdan toshib chiqishi mumkinligi haqida aholi o‘rtasida asossiz mish-mishlar tarqalgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishia, 27-aprel kuni kuzatilgan kuchli shamol oqibatida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgach, aholi o‘rtasida “elektr bo‘lmasa, ‘Amuzang’ nasos stansiyasi ham ishlamaydi, oqibatda Amudaryo suvlari toshib chiqadi” degan mish-mish tarqalib ketgan.

“Shu mish-mish sabab odamlar yashash joyini tashlab chiqqan. Aslida bu yolg‘on tasavvur. Hozirda barcha tegishli xizmatlar, Milliy gvardiya, FVV, IIV xodimlari u yerda bo‘lib, tushuntirish ishlari olib borib, aholini yashash joylariga qaytarmoqda. Chunki bunday xavf yo‘q”, — dedi FVV vakili.

Avvalroq Amudaryo bo‘yida joylashgan Qorako‘l va Olot tumanlarida aholi ommaviy tarzda Buxoro shahri tomon ketishni boshlagani, bu yo‘lda odamlar nafaqat yengil avtomobillar, balki yuk mashinalari va traktor tirkamalaridan ham foydalanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Buxoroda 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qolgan

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatiga 27-aprel kuni Turkmaniston hududidan yopirilgan kuchli shamol oqibatida kamida 41 kishi tan jarohati olgan, bir kishi halok bo‘lgan, yuzlab avtomobillar, minglab bino va inshootlar, o‘n minglab daraxtlar zarar ko‘rgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlarini ko‘zdan kechirish va aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketgan. U Qorako‘l va Olotdagi vaziyat bilan tanishib, Olotda faollar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют