» » Jasur Yaxshiboyev “Energetik-BGU”ning aprel oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Jasur Yaxshiboyev “Energetik-BGU”ning aprel oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi


“Energetik-BGU” hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev muxlislar talqiniga ko‘ra klubning aprel oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada o‘zbekistonlik futbolchi 40,7% ovoz to‘plab, bu borada Aleksey Nosko (26,7%), Jeremi Mavatu(13,9%) va Yevgeniy Yudchitsdan (13,9%) ustun keldi.

Yaxshiboyev aprel oyida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qildi. Umumiy miqdorda Jasur joriy mavsum Belarus chempionatidagi olti o‘yinda uch gol va bitta samarali uzatma amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Jasur 2020-yilning boshida ijara asosida minskliklar safiga yo‘l olgandi. Uning transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli.

Mavzuga doir: “Paxtakor”ga qaytishni xohlamaydigan, Belarus chempionatida to‘purar bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyev intervyusi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют