» » Kuchli shamol Buxoro va Qashqadaryoda neft va gaz korxonalarining ishi toxtab qolishiga sabab boldi

Kuchli shamol Buxoro va Qashqadaryoda neft va gaz korxonalarining ishi toxtab qolishiga sabab boldi


Buxoro, Navoiy vaQashqadaryo viloyatlari hududida 27-aprel kuni kechqurun kuzatilgan kuchli shamol va yogingarchilik Ozbekneftgaz kompaniyasi tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga ham salbiytasir korsatdi. Bu haqda kompaniya tomonidan malum qilindi.

Xabar berilishicha, 27-aprel kuni soat 20:20 da kuchli shamol oqimi kelishi natijasida Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Alan konining siquv kompressor stansiyasidagi ikkita gaz haydash agregati va Kokdumaloq konining 2-yigish joyidagi bitta gaz haydash agregati avariya holatida toxtab qolgan.

Shu kuni soat 21:55 da Kokdumaloq konining 2-yigish joyidagi gaz haydash agregati, soat 22:00 da esa Alan konining siquv kompressor stansiyasidagi toxtab qolgan ikkita gaz haydash agregatining biri ishga tushirildi. 28-aprel kuni soat 01:45 da esa Alan konidagi toxtab qolgan ikkinchi gaz haydash agregatining faoliyati ham qayta tiklandi.

Buxoro viloyatida joylashgan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Uchqir gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasining beshta texnologik tarmogi va Uchqir qurilmasiga yuqori bosimli bug yetkazib beruvchi qozonxonadagi beshta qozon 27-aprel kuni soat 20:35 da avariya holatida toxtab qolgan.

Malum qilinishicha, hozirga qadar elektr taminotidagi uzilishlar sababli Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli qurilmalar faoliyati tiklangani yoq.

Shuningdek, 27-aprel soat 21:37 da Shortan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli stansiyalarda sakkizta gaz haydash agregati ishlashdan toxtagan. 28-aprel kuni soat 03:50 ga qadar Shortan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli barcha texnologik qurilmalarning ish faoliyati qayta tiklangan va ular bir maromda ishlamoqda.

Takidlanishicha, Ozbekiston milliy elektr tarmoqlari kompaniyasi tasarrufidagi filial hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda xizmat vazifasini olib boruvchi mutaxassislar bilan hamkorlikda elektr taminotini tiklash hamda kuchli shamol oqibatida yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib otamiz,Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatidabir kishi halok boldi, 41 kishi jarohatlandi.Kuchli shamoldan song Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam140 ming xonadon gazsiz qoldi.Buxoro kuchli shamoldan song elektr taminotidaeng katta talafot korgan hududbolib turibdi.Bosh prokuratura Buxorodagi kuchli shamol oqibatlari boyicha tergovga qadartekshiruv otkazmoqda.

Ozbekiston PrezidentiShavkat Mirziyoyev Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatlarini kozdan kechirish uchun viloyatga tashrif buyurdi hamdaOlot va Qorakolda tabiiy ofat oqibatlarini kozdan kechirdi.

Malum bolishicha,27-aprel shamolidan song Qorakol va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qolgan.Internetda traktor tirkamasida Buxoro shahri tomon ketayotgan qorakolliklar videosi paydo boldi.Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur videoga izoh berdi. Unga kora,Qorakol va Olotda toshqin haqida asossiz mish-mish tarqalgan.

Bundan tashqari,Buxoroda kuchli shamoldan song 415 ta avtomobilga jiddiy zarar yetgani malum qilindi.

Mavzuga doir:Avval ustiga daraxt agdarilgan, song boyniga elektr simi oralashib qolgan. Buxoroda kuchli shamol qurboniga aylangan fuqaro olimining tafsilotlari malum qilindi



Manba: Daryo.uz
: admin (28-04-2020, 19:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
:
-
:
20 ... -