» » Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha kunlik rekord yangilandi


Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusdan 72 kishi vafot etdi. Bu epidemiya boshlanganidan buyon qurbonlar soni bo‘yicha yangi kunlik rekord hisoblanadi. Bu haqda Kasallikka qarshu kurash bo‘yicha tezkor shtab xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyada koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 867 kishiga yetgan. Bir kunlik o‘limlar soni bo‘yicha avvalgi rekord 25-aprelda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda o‘lim holatlari soni 66 tani tashkil qilgan edi. 26-aprel kuni ham 66 nafar bemor kasallikdan vafot etgan, 27-aprel kuni esa 50 ta o‘lim holati haqida xabar berilgan.

Mamlakatda bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 6411 ta yangi holat qayd etilgan. Yangi holatlar Rossiyaning 83 ta hududida qayd etilgan. Bir sutkada kasallikdan tuzalganlar soni esa 1110 kishini tashkil qilgan.

Kasallanganlar va vafot etganlarning umumiy soni bo‘yicha Moskva yetakchilik qilmoqda. Shaharda 48 426 nafar bemor qayd etilgan, ularning 479 nafari kasallik oqibatida vafot etgan. Moskva viloyati esa 10 231 nafar bemor va 74 ta o‘lim holati bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

Rossiyaning Tibbiy biologiya federal agentligi rahbari Veronika Skvortsova joriy hafta Rossiyada kasallik o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi mumkinligini aytgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 22-aprel kuni bergan intervyusida mamlakatda kunlik aniqlanadigan yangi holatlar may oyining o‘rtasida eng yuqori nuqtaga chiqishi haqida gapirgan.

Rossiyada aprel oyining oxirigacha ishlanmaydigan kunlar rejimi amalda bo‘ladi. Ko‘plab hududlarda esa majburiy tartibda “o‘zini yakkalash” rejimi joriy qilingan. Aksariyat hududlarda cheklovlar may oyidagi bayramlargacha uzaytirilishi mumkin.

Avvalroq Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketgani haqida xabar berilgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan yangi bayonot bilan OAVda chiqish qilishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarning umumiy soni 93 500 kishidan oshgan. Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 8456 kishiga yetgan. Mamlakat bo‘yicha kasallikdan 867 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют