» » O‘zbekistonda 29-aprel kuni ham yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 29-aprel kuni ham yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda


Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda 29-aprel, chorshanba kuni, kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 23-25 daraja esa iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga yaqin ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchayishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 27-apreldan 28-aprelga o‘tar kechasi Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelib, O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida soniyasiga 9-40 metr tezlikda shamol esib, yomg‘ir yog‘gan edi. Buning oqibatida hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan, ular orasida Buxoro eng katta talafot ko‘rgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют