» » Kuchli shamolning Qashqadaryodagi oqibatlari ma’lum qilindi

Kuchli shamolning Qashqadaryodagi oqibatlari ma’lum qilindi


27-aprel, dushanba kuni soat 21:15 dan 23:05 ga qadar esgan kuchli shamol Qashqadaryo viloyatida ham ko‘plab talafotlarni keltirib chiqargan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, kuchli shamol natijasida viloyatda uchta ko‘p qavatli uyning 1020 metr/kv tom yopmasi, 52 ta yakka tartibdagi turar-joy binosining tom qismlari, ikkita tashkilot binosining 200 metr/kv tom yopmasi, ikkita ichki gaz quvuri, beshta issiqxona hamda 97 ta turli-xil kattalikdagi daraxt zararlangan.

Shuningdek, daraxtlar va binolarning tom qismi qulashi natijasida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotida favqulodda o‘chishlar yuzaga kelgan.

Hozirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatining tegishli kuch va vositalari jalb etilgan holda kuchli shamol oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Tadbirga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hududiy tuzilmalari tomonidan 16 ta texnika va 75 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kuni respublika hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Buxoroda bo‘lib,  viloyatidagi holatni ko‘zdan kechirmoqda.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют