» » Fransiya chempionatida mavsum muddatidan avval yakunlanadi. Hukumat shunday qarorga keldi

Fransiya chempionatida mavsum muddatidan avval yakunlanadi. Hukumat shunday qarorga keldi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi davom ettirilmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Eduard Filipp ma’lum qilgan.

“Mamlakat hududida sentabrga qadar yirik sport musobaqalarini o‘tkazib bo‘lmaydi. 2019/20-yilgi futbol mavsumi qayta boshlanmaydi”, — deydi Filipp.

Ta’kidlanishicha, Fransiya hukumati barcha turdagi jamoaviy sport turlarini sentabrga qadar bekor qilgan. 11-maydan boshlab faqat yakkalik sport turlarini boshlashga ruxsat etiladi. Agar infeksiyaning tarqalish darajasi pasaymasa bu muddat uzaytirilishi mumkin.

Shu tariqa, Liga 1 va Liga 2 musobaqalari 2020/21-yilgi mavsum boshlanadigan avgust oyiga qadar o‘tkazilmaydi. Bu esa joriy mavsumning muddatidan avval yakunlanishini anglatadi.

Fransiya futbol federatsiyasi kelasi haftada joriy mavsum yakunlarini muhokama qiladi. Unda jamoalarning jadvaldagi joylagshuvi, Yevrokuboklar ishtirokchilari va musobaqani tark etadigan klublar masalasi ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionati koronavirus pandemiyasi sabab 28-turga kelib to‘xtab qolgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют