» » AQShda bir sutkada 22 412 kishida koronavirus aniqlandi, 1378 kishi kasallikdan vafot etdi

AQShda bir sutkada 22 412 kishida koronavirus aniqlandi, 1378 kishi kasallikdan vafot etdi


AQShda so‘nggi bir sutka ichida 22 412 kishida koronavirus aniqlandi. Bu bir kun avvalgiga nisbatan 5 mingtaga kam, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Ma’lum qilinishicha, bir kun avval AQShda 27 631 kishi koronavirusga chalingani aniqlangan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutkada AQShda koronavirus bilan xastalangan 1378 kishi vafot etgan, bir kun avval esa 1126 ta o‘lim holati qayd etilgan. Shuningdek, 24-aprel kuni 3332 ta, 23-aprel kuni esa 2139 ta o‘lim ro‘yxatga olingan.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalingan bemorlar soni ayni paytda 988 ming kishidan oshgan. Mamlakat bo‘yicha 56 mingdan ortiq odam kasallik oqibatida vafot etgan, 111 mingdan ortiq odam tuzalishga erishgan.

Avvalroq AQShda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test o‘tkazishni ikki baravarga oshirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat prezidenti Donald Tramp esa AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: AQShda jig‘ildon qaynashiga qarshi dorining COVID-19’ni davolashdagi samaradorligi tekshirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют