» » Uxanda koronavirus izlari kasalxona havosida ham topildi

Uxanda koronavirus izlari kasalxona havosida ham topildi


Uxandagi kasalxona ichidan aerozollar tomchisida saqlangan ko‘plab koronavirus RNKlari topildi. Bu virus keltirib chiqaradigan kasallik aerozol yo‘li bilan tarqalishi mumkinligini ko‘rsatadi, deb yozadi Nature ilmiy jurnali.

“Biz bu turdagi aerozollar insonga kasallik yuqtirishi mumkin yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rmadik. Biroq taxminimizcha, ular virus tarqatishning yana bir kanaliga ega. Boshqa tomondan bizning kuzatuvlarimiz individual himoya vositalari, ventilyatsiya va xonalarni muntazam dezinfeksiya qilish aerozollar tarkibidagi SARS-CoV-2 zarralarining sonini sezilarli darajada kamaytiradi”, — deyiladi tadqiqotda.

Koronavirus tarqalishi boshlanganining dastlabki kunlaridan olimlar mazkur patogen aynan qaysi yo‘l orqali yuqishini o‘rganmoqda. Dastlab biologlar SARS-CoV-2 to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa orqali yuqtishini taxmin qilgandi, biroq natijada bunday emasligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda olimlar koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaruvchi viruslar odamdan odamga nafaqat to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa orqali, balki havo-tomchi yo‘li bilan, shuningdek, zararlangan predmetga teginish orqali ham yuqishidan boxabar. Bundan tashqari, ko‘plab xitoylik mutaxassislar hamda ularning yevropalik hamkasblari virus aerozol tomchilari orqali ham yuqishini taxmin qilmoqda.

Uxan, Gonkong va Xitoyning boshqa shaharlari biologlari ushbu nazariyani tekshirib ko‘rdi. Ular Uxan xalq kasalxonasi va dala gospitali shifokorlari tomonidan yig‘ilgan namunalarni tahlil qildi. Shifokorlar bu kabi mikrotomchilarni nafaqat virus tashuvchi yotgan palatadan, balki virus chiqishi kerak bo‘lmagan koridor, hojatxona, shifokorlar xonasi va boshqa joylardan ham to‘plagan.

Tahlil natijalari virus RNKsi dastlab binoning barcha joyida bo‘lganini ko‘rsatgan. Ayniqsa, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar, hojatxona va shifokorlar kiyim almashtiradigan hududlarda topilgan. SARS-CoV-2 genomi parchalari kichik va katta aerozol zarralarida ham topilgan, biroq ularning aksariyati 0,25-0,5 mikrometrli tomchilarda aniqlangan.

Sanitariya talablari qat’iylashtirilganidan so‘ng kasalxonalarda virus zarralari soni kamaygan. Olimlarning fikricha, aynan shu Xitoy tibbiyot xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishini tezda bartaraf etishga yordam bergan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq gonkonglik olimlar koronavirusdan himoya qilishga qodir “antivirus qoplamani” yaratgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют