» » “Biri 10 ta oilani qaramog‘iga oldi, ikki nafari esa oyligini jamg‘armaga o‘tkazdi”. Prezident tashabbusini yoqlagan qashqadaryolik hokimlar

“Biri 10 ta oilani qaramog‘iga oldi, ikki nafari esa oyligini jamg‘armaga o‘tkazdi”. Prezident tashabbusini yoqlagan qashqadaryolik hokimlar


Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod hamda Shahrisabz tumani hokimlari maoshini “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazdi. Kitob tumani hokimi esa 10 ta oilani qaramog‘iga oldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga bir haftalik maoshini o‘tkazishdan tashqari har oylik maoshining bir million so‘mini jamg‘armaga topshirishga qaror qilgan. Shahrisabz tumani hokimi Isroil Amonov ham haftalik va bir oylik maoshini jamg‘armaga o‘tkazgan. Kitob tumani hokimi Alisher Zokirov esa 10 ta oilani qaramog‘iga olgan.

“Besh yoki o‘nta oilani qaramog‘imga olsam, jamoatchilik qaysidir tadbirkorning zimmasiga yuklaydi-da, degan fikrga bormasligi uchun oylik maoshimdan xayriya qilishni lozim topdim. Xalqimiz, tumandoshlarimizga nafim tegsa bundan xursandman”, — deydi Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov.

Bu haqda xalq deputatlari tuman kengashi sessiyalarida ma’lum qilgan hokimlar Prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining faoliyatini qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘layotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval G‘uzor tumanining yangi tayinlangan hokimi Bekzod Suyunov birinchi maoshini moddiy yordamga muhtoj oilalarga xayriya qilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют