» » Toshkentda “Gazel” va Hyundai Porter o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkentda “Gazel” va Hyundai Porter o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi


Toshkent shahri Uchtepa tumani hududidan o‘tgan Toshkent halqa avtomobil yo‘lida 27-aprel, dushanba kuni,  yuz bergan YTH oqibatida yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 11:30 larda “O‘zbekneftgaz” AYoQSh qarshisida ro‘y bergan. 1970-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi “Gazel” asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi B.X. boshqaruvidagi Hyundai Porter yuk mashinasiga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida 55 yoshli B.X. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kuni Surxondaryoda “Kamaz” va Nexia to‘qnashishi oqibatida yengil mashina yo‘lovchisi vafot etgandi.

YHXBB yo‘l harakati ishtirokchilarini karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik, zarurat bilan chiqqanda ham yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют