» » “Har kuni o‘lim bilan kurashganmiz”. Shavkat Mirziyoyev 2008-yilgi Kogon fojiasini yodga oldi

“Har kuni o‘lim bilan kurashganmiz”. Shavkat Mirziyoyev 2008-yilgi Kogon fojiasini yodga oldi


Buxoroga 27-aprel oqshomida kuchli shamol yopirilib, viloyatning Qorako‘l va Olot tumanlariga ayniqsa jiddiy talafot yetkazgani bois, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni viloyatga tashrif buyurdi. Qorako‘l va Olot tumanlaridagi vaziyatni vertolyotdan kuzatib, Olot tumani markazida hudud faollari bilan uchrashdi.

Mavzuga doir: Shamoldan zarar ko‘rgan Qorako‘l va Olot — Prezident vertolyotidan olingan suratlarda

Uchrashuvda Olot tumanidagi mahallalardan birining oqsoqoli so‘zga chiqdi va tuman aholisining tabiiy ofatdan keyingi kayfiyati haqida gapira turib, shunday dedi: “Odamlar Kogon voqeasini eslayapti. Kogonda ahvol bundan-da yomon bo‘lganida Shavkat Mirziyoyev shu yerda o‘tirib, qisqa vaqtda yangi Kogonni qurib bergandi. Olotning hozirgi ahvoli o‘sha Kogon oldida hech narsa emas”.

Oqosoqolning bu so‘zlariga munosabat bildirarkan, Prezident Kogonda “har kuni o‘lim bilan kurashish”ga to‘g‘ri kelganini ta’kidladi.

“Kogonda bo‘lgan voqealar... Kogonda biz har kuni o‘lim bilan kurashgandik. O‘shanda ham eson-omon chiqib ketib, yo‘qotishni kamaytirib, yangi Kogon shahrini qurishni boshlaganmiz. Kogonning sharoitini hech eslatib bo‘lmaydi. Ilohim u kunlar kelmasin”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev Kogon voqeasini eslab.

Qayd etish joiz, Prezident Mirziyoyev 2018-yil fevralida Buxoroning Peshku tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ham Kogonni yaxshi bilishini eslatib, “og‘ir paytlari o‘sha yerda o‘zi 72 kun yotganini” ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Og‘ir paytlarda Kogonda 72 kun yotganman (video)

Eslatib o‘tamiz, 2008-yil 11-iyulga o‘tar kechasi Kogonda joylashgan harbiy qismning raketa-artilleriya omborxonasida yong‘in chiqib, keyinchalik davomli portlashlarga sabab bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, 21 kishi tan jarohati olgan. Portlashlar oqibatida o‘nlab ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rgan, bir necha bino to‘liq yonib ketgan.

Voqeadan bir hafta o‘tib Kogonga Prezident Islom Karimov tashrif buyurgan. Davlat rahbari sovet davrida qurilgan qurol-aslaha ombori bunday obyektlar uchun belgilangan normativ talablarga javob bermaganini ta’kidlab, Mudofaa vazirligini bu yerdagi qurol-aslahalarning saqlanishiga yetarlicha e’tibor qaratmagani uchun tanqid qilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston tarixidagi voqea-hodisalar bo‘yicha test



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют