» » Tereza Mey Brexit jarayoni yakuniga yetganidan so‘ng bosh vazirlikdan ketishi mumkin

Tereza Mey Brexit jarayoni yakuniga yetganidan so‘ng bosh vazirlikdan ketishi mumkin


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi jarayoni (Brexit) yakuniga yetishi bilan, o‘z vakolatlarini topshirishi mumkin. Bu haqda, Sunday Mail’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Nashr muxbirlaridan biri Den Xojesning ma’ulm qilishicha, siyosatchilardan biri Meyni “o‘tish davri bosh vaziri” deb atagan, boshqa bir arbob esa “Tereza o‘zining parlament muddati yakuniga yetishi bilan, ketishga tayyor”, deb aytgan.

“U mamlakatni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng dahshatli inqirozdan olib chiqqan inson sifatida olqishlanadi, shundan so‘ng u siyosatdan ketib, eri Filipp bilan baxtiyor hayot kechiradi”, — dedi vazirlardan biri.

Muxbir Mey mahkamasining boshqa xodimlari bilan ham suhbatlashgan. Ulardan biri Tereza Mey “umummilliy saylovlarda qatnashishini, so‘ng oradan 18 oy o‘tib, iste’foga chiqishini” aytib o‘tgan.

Qayd etishlaricha, hozirgi vaqtda Mey Britaniya tarixidagi eng mashhur bosh vazirlardan biri bo‘lib turibdi, u reytinglarda asosiy raqibi — leyboristlar yetakchisi Jeremi Korbinni ortda qoldirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют