» » Shavkat Mirziyoyev: Bu shamol kunduzi bo‘lganida edi, sarosimada ko‘p odamni yo‘qotib qo‘yardik

Shavkat Mirziyoyev: Bu shamol kunduzi bo‘lganida edi, sarosimada ko‘p odamni yo‘qotib qo‘yardik


Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel, seshanba kuni, Buxoro viloyatiga tashrifi davomida kuchli shamol oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan Olot tumani markazida faollar bilan uchrashdi. Uchrashuvda davlat rahbari hodisa oqibatida vafot etgan buxorolik fuqaro haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Xudoning o‘zi asragani — agar bu voqea kunduzi bo‘lganida edi, ko‘p odamni yo‘qotib qo‘yardik. Odamlar sarosimaga tushib qolardi. Kechasi odamlar ichkarida bo‘lgani uchun odam yo‘qotmadik”, — dedi Prezident.

“Faqat fuqaro Ashurov — joyi jannatdan bo‘lsin — u ham elektr bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sabab vafot etgan; farzandi tirik. Unga ham barcha chora-tadbirlarimizni ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroga 27-aprel oqshomida yopirilgan kuchli shamol oqibatida kamida 41 kishi tan jarohati olgan, Buxoro shahrida yashovchi bir kishi vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ustiga dastlab daraxt ag‘darilgan, so‘ng u elektr simiga o‘ralashib qolib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют