» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi


O‘zbekistonda 28-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 1939 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“So‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi. Shu tariqa koronavirusdan sog‘ayganlar soni 992 nafarni tashkil etdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 992 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.

Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют