» » Amudaryodagi hozirgi suv oqimi Qorako‘lda toshqin bo‘lishi uchun zarur ko‘rsatkichdan yetti barobar past ekanligi ma’lum qilindi

Amudaryodagi hozirgi suv oqimi Qorako‘lda toshqin bo‘lishi uchun zarur ko‘rsatkichdan yetti barobar past ekanligi ma’lum qilindi


Amudaryo qirg‘oqlaridan toshib chiqib, Buxoro viloyatining Olot yoki Qorako‘l tumanini suv bosishi uchun Amudaryoda soniyasiga 7 ming kub suv oqishi kerak, biroq 28-aprel holatiga ko‘ra daryoda soniyasiga 855 kub suv oqmoqda. Amu-Buxoro irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi boshlig‘i Erkin Fayzullayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu uch kun avvalgi ko‘rsatkichdan 345 kubga kam.

Erkin Fayzullayevning alohida ta’kidlashicha, bu yilgi qish mavsumida Amudaryo irmoqlarini suv bilan to‘yintiruvchi tog‘larda yetarli miqdorda qor yog‘magan. “Shu bois nafaqat ayni vaqtda, balki umuman 2020-yil davomida toshqin bo‘lishi ehtimoli deyarli yo‘q, aksincha, suv yetishmovchiligi, qurg‘oqchilik kuzatilishi mumkin”, — dedi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi boshlig‘i.

Buxoro viloyatida 27-aprel oqshomida kuzatilgan yomg‘ir aralash kuchli shamoldan so‘ng 28-aprel kuni Qorako‘l va Olot tumanlarida aholining ommaviy ravishda uy-joyini tashlab, qir va tepaliklarga ko‘chib chiqishi yoki viloyat ma’muriy markazi — Buxoro shahri tomon yo‘l olishi holati kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, bunga toshqin bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan.

Erkin Fayzullayevning ta’kidlashicha, bunday mish-mish va vahimalarga elektr ta’minotidagi uzilish tufayli nasos stansiyasining ishlamay qolgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq nasos stansiyasining vaqtincha ishlamay qolishi ham Qorako‘l yoki Olot tumanlari hududida suv toshqini kelib chiqishiga sabab bo‘lmaydi.

Mavzuga doir: “Vahima va mish-mish mutlaqo bexabarlik ortidan paydo bo‘ldi”. Qorako‘lliklar “toshqin”dan qochib to‘plangan qirdan reportaj



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют