» » Tramp AQSh prezidentligiga saylovlar sanasi ko‘chirilishiga oid savollarga javob berdi

Tramp AQSh prezidentligiga saylovlar sanasi ko‘chirilishiga oid savollarga javob berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlari sanasini o‘zgartirishni ko‘rib chiqamayotganini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan brifing vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi CNN.

“Men hech qachon saylovlar sanasini o‘zgartirish haqida o‘ylagan emasman”, — deydi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar belgilangan sana — 3-noyabr — “yaxshi raqam”.

Shuningdek, prezidentning ta’kidlashicha, uning muxolifi Jozef Bayden ham Tramp saylovlarni qoldirishga urinishi haqida gapirmagan.

O‘tgan hafta AQSh sobiq vitse-prezidenti va Demokratlar partiyasidan bo‘lgan nomzod Jozef Bayden Tramp qandaydir bahona bilan saylovlarni bekor qilishga urinishini ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Baydenning aytishicha, noyabr oyida saylovlarni qanday qilib xavfsiz o‘tkazish masalasiga oydinlik kiritish lozim, chunki hech kim ovoz berish jarayoni sabab o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasligi kerak.

Avvalroq Jozef Baydenning sobiq xodimasi uni jinsiy tegajog‘likda ayblagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQShda Mishel Obama yangi vitse-prezident bo‘lishini istovchilar ko‘paydi

Eslatib o‘tamiz, 77 yoshli Jozef Bayden AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan yagona nomzod sanaladi. Uning nomzodi 2020-yil avgust oyida partiya syezdida rasman ilgari surilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют