» » Avstriyada maydan boshlab izolyatsiya rejimi bekor qilinadi

Avstriyada maydan boshlab izolyatsiya rejimi bekor qilinadi


Avstriyada koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan izolyatsiya rejimi may oyidan boshlab bekor qilinadi. Reuters’ning xabar berishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Rudolf Anshober ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab aholiga ko‘chaga chiqish va 10 kishidan oshmagan holda guruh bo‘lib to‘planishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, fuqarolarga jamoat joylarida 1 metr masofa saqlash tavsiya etilmoqda.

May oyida, shuningdek, maktablar ham bosqichma-bosqich ochiladi, sharoit yaxshi bo‘lsa, oyning o‘rtalariga borib restoranlar, barlar, savdo markazlari, sartaroshxonalar va mehmonxonalar ham ochiladi.

Eslatib o‘tamiz, Avstriyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat 25-fevral kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘sha vaqtdayoq kansler Sebastyan Kurs hukumat virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishini bildirgandi.

16-mart kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 959 ta holat qayd etilgan. Shundan so‘ng bir haftaga qattiq karantin choralari joriy etilgan. Keyinroq cheklovlar 13-aprelga qadar davom etishi, hukumat 14-apreldan uni sekin-asta kamaytirib borishi ma’lum qilingan.

6-aprel kuni hukumat Avstriya jamiyatini bosqichma-bosqich ochish bo‘yicha rejani taqdim etgan. 14-apreldan kichik do‘konlar, 1-maydan esa qolgan barcha do‘konlar, savdo markazlari va sartaroshxonalar ishga tushirilishi ma’lum qilingan. Shu bilan birga, vaziyat yomonlashsa, hukumat bekor qilingan cheklovlarni qayta joriy etishi mumkinligi aytilgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda 15 272 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 12 580 nafari tuzalgan, 569 nafari vafot etgan.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus cheklov choralarini yumshatayotgan Yevropa davlatlarini kasallanish holatlari kamayishda davom etishi uchun COVID-19’ni aniqlash, testdan o‘tkazish, izolyatsiya qilish va har bir aloqalarni kuzatishni davom ettirishga chaqirgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют