» » Toshkentda Markaziy Osiyo suv xo‘jaligida amalga oshiriladigan to‘rtta yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Markaziy Osiyo suv xo‘jaligida amalga oshiriladigan to‘rtta yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Toshkentda O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Suv resurslari nazoratini yaxshilash borasidagi tashabbuslar” mavzuida xalqaro seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2001-yilda faoliyat boshlagan xalqaro mustaqil notijorat tashkilot — Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining bu yo‘ldagi sa’y-harakatlari salmoqli. O‘tgan davrda tashkilot 48 million yevro miqdoridagi 230 dan ortiq loyihani amalga oshirgan.

Seminarda mazkur tashkilotning “Markaziy Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik”, “O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun hamkorlik va xabardorlikni oshirish. Komponent 3”, “Markaziy Osiyoda suv hamkorligi”, “Iqlim o‘zgarishining Amudaryo havzasidagi yer usti suvlari sifatiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish” kabi loyihalari ilgari surildi. Ular Yevropa Ittifoqi, AQShning xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladi.

To‘rt loyihaning tatbiq etilishi natijasida suv xo‘jaligi tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari xodimlari va soha mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik yanada yaxshilanadi. Ular doirasida ta’lim dasturi uchun texnik yordam berish, jumladan, ob’ektlarni texnik va laboratoriya uskunalari, jihoz va qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Iskandar Abdullayev, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori

Tadbirda iqlim o‘zgarishining Amudaryo suvlariga ta’sirini o‘rganish va ushbu o‘zgarishlarga qarshi adaptatsiya choralarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Suvdan oqilona foydalanish sohada kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash va xodimlar malakasini oshirish, suv resurslarini nazorat qilishda innovatsion usullarni qo‘llash, aholining ekologik xabardorlik darajasini oshirish kabi masalalarga bog‘liq. O‘zbekistonda bu boradagi ishlar, jumladan, sug‘orma dehqonchilik amaliyotlari, tomchilab sug‘orish usuli o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Eduards Stiprays, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют