» » Fransiyada koronavirusni davolashda artritga qarshi dori sinovdan o‘tkazildi

Fransiyada koronavirusni davolashda artritga qarshi dori sinovdan o‘tkazildi


Fransiyada koronavirusni davolashda revmatoid artrit (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi)ga qarshi ishlatiladigan dorilardan foydalanilgani to‘g‘risidagi klinik tadqiqot natijalari birinchi bor ijobiy chiqdi. Bu haqda AP-HP fransuz kasalxonalari tashkilotining saytida xabar berildi. Bu davolash muassasalarining davlat tarmog‘i bo‘lib, u Parij va uning yaqinidagi shaharlarda joylashgan 39 kasalxonani o‘zida birlashtiradi.

Revmatoid artritga qarshi dori vositasi COVID-19’ning xavfli belgilari — gipersitokinemiya yoki “sitokin bo‘roni”ga qarshi kurashda foydalanilgan. Bu immun tizimining reaksiyasi bo‘lib, uning natijasida inson organizmida to‘qimalar buzilishni boshlaydi.

“COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlarda immunologik kelib chiqadigan ‘sitokin bo‘roni’ o‘tkir respirator yetishmovchiligiga va o‘limga olib keladi”, — deyiladi AP-HP xabarida.

Tibbiyot xodimlari 27-mart kuni tadqiqotlarni boshlagan. Ular koronavirus sabab yuzaga kelgan pnevmoniya belgilariga ega 129 bemorni tanlab olgan. 64 bemorga nisbatan standart davolanish usullari qo‘llanilgan bo‘lsa, 65 nafariga totsilizumab — revmatoid artritni davolashda ishlatiladigan dorilar ham berilgan.

Tadqiqot boshlanganidan 14 kun o‘tib, o‘pkani sun’iy nafas oldirishga bo‘lgan ehtiyoj yoki o‘lim holati tadqiqotning muvaffaqiyatsizligini ko‘rsatadigan mezon sifatida qabul qilingan. “Totsilizumab bilan davolangan guruhdagi bemorlarning juda kam qismi so‘nggi nuqtaga yetib bordi”, — deyiladi hisobotda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusni nur va dezinfeksiya vositalari bilan davolashni taklif qilgan, shifokorlar esa uni bu yo‘ldan qaytargani haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlarning samarali ekanligi to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xlorin preparatlariga talab 46 baravar oshib ketgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, amerikalik olimlar COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda foydalanish mumkin bo‘lgan strategiyalar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, ular orasida 4 xil davolash uslubini tanlab olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют