» » Hisor qo‘riqxonasidagi tuzoq kameralar qor qoplonini rasmga olishga muvaffaq bo‘ldi

Hisor qo‘riqxonasidagi tuzoq kameralar qor qoplonini rasmga olishga muvaffaq bo‘ldi


Qashqadaryo viloyati Hisor davlat qo‘riqxonasi Qizilsuv bo‘limiga o‘rnatilgan fotoqopqon 26-aprel kuni tekshirilganda, tuzoq kamera 16-mart kuni 2 bosh qor qoplonini suratga olishga muvaffaq bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qor qoploni O‘zbekistonning yuqori qor tizmalarida yashovchi jonivor bo‘lib, sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil yanvar oyining boshlarida O‘zbekistonda avval uchramagan hayvonlar ilk bor kameraga tushirilgani haqida xabar berilgandi. Fevral oyida esa Ustyurtdagi tuzoq kameralar leopardni rasmga olishga muvaffaq bo‘lgandi.

Mavzuga doir:

Foto: Ustyurtdagi tuzoq-kameralarga tushgan sayg‘oqlar

Hisor qo‘riqxonasida qor qoploni, silovsin va tog‘ echkisi kamera obyektiviga tushib qoldi (foto+video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют