» » AQSh Xitoyni COVID-19’ga qarshi antitanani aniqlovchi sifatsiz testlarni yetkazib berganlikda aybladi

AQSh Xitoyni COVID-19’ga qarshi antitanani aniqlovchi sifatsiz testlarni yetkazib berganlikda aybladi


AQSh prezidentining iqtisodiy maslahatchisi Piter Navarroning ma’lum qilishicha, Xitoy COVID-19’ga qarshi antitanani aniqlovchi sifatsiz test tizimlarini eksport qilib, koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan foyda olmoqda. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan kirib kelayotgan antitanani aniqlovchi sifati past test tizimlari noto‘g‘ri natijani ko‘rsatadi.

Navarro Xitoy koronavirus tarqalishini olti hafta davomida yashirganini ma’lum qilgan va Xitoyni koronavirusni tarqatishda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati virus tarqalishini Uxan shahrining o‘zida cheklashi mumkin bo‘lgan, biroq u bu ishni qilmagan.

Mavzuga doir: Yevropa mamlakatlari Xitoyda ishlab chiqarilgan sifatsiz niqob va koronavirus testlaridan bosh tortdi

Aprel oyining boshida Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib, Xitoy mamlakatda koronavirus tarqalishi qamrovini ataylab yashirgani hamda kasallanganlar va o‘limlar sonini kamaytirib ko‘rsatgani haqida yozgan. Agentlikning qayd etishicha, AQSh razvedkasi aynan shunday xulosaga kelgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Xitoy hukumatining mamlakatda koronavirusdan vafot etganlar soni haqidagi ma’lumotlariga shubha bilan qaragan. Shuningdek, Tramp koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan.

Avvalroq Tramp AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qilgani, Xitoy koronavirus tarqalishini tergov qilayotgan Avstraliyani ogohlantirgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: BMT: Pandemiyadan so‘ng avvalgi hayot tarziga qaytib bo‘lmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют