» » Davlat bojxona qo‘mitasi: “Himoya niqoblaridan boshqa mahsulotlarni eksport qilishga hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan”

Davlat bojxona qo‘mitasi: “Himoya niqoblaridan boshqa mahsulotlarni eksport qilishga hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan”


2020-yilning 1-may kunidan 31-dekabr kuniga qadar tibbiy niqoblar uchun xomashyo tovarlarini eksporti uchun vaqtincha cheklov o‘rnatilgan. Bu haqda 27-aprel kuni AOKAda o‘tkaziladigan brifing Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov aytib o‘tdi.

Qo‘mita vakilining ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan joriy yilning 1-may kunidan 31-dekabr kuniga qadar tibbiy niqoblar uchun xomashyo tovarlarini eksporti uchun vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tibbiyot niqoblari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi

“Himoya niqoblarining ichki bozordan ortiq hajmini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, ‘O‘zto‘qimachiliksanoat’ uyushmasi va ‘Dori-darmon’ kompaniyasining o‘zaro qo‘shma xulosa asosida eksportga chiqarishga ruxsat berilgan”, — dedi Nurbek Salomov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy qilingan cheklovlar istisno tariqasida xalqaro yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etilmasligi belgilangan hamda respublikadan turli davlatlarga yuqorida ko‘rsatilgan tovarlardan boshqa eksport tovarlarini olib chiqishga cheklovlar joriy etilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 05:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют