» » BMT pandemiya sababli dunyoda ishsizlik o‘zining tarixiy darajasiga yetishini prognoz qildi

BMT pandemiya sababli dunyoda ishsizlik o‘zining tarixiy darajasiga yetishini prognoz qildi


Koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilning ikkinchi choragida butun dunyoda 195 million kishi ishsiz qolishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotida qayd etilgan.

BMT ekspertlari tomonidan qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasi dunyo iqtisodiyotini chuqur inqirozga tushirmoqda hamda ishsizlik va kambag‘allikni tarixiy darajaga yetkazmoqda.

BMT prognoziga ko‘ra, koronavirus oqibatida yuzaga kelgan inqirozdan kichik va o‘rta ko‘rxonalar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, o‘z-o‘zini band qilganlar, qochoqlar va mehnat migrantlari eng ko‘p zarar ko‘radi.

Avvalroq BMT barcha mamlakatlar hukumatini pandemiyadan so‘ng yangi iqtisodiyotni yaratish va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga chaqirgan edi.

“Avvalgi odatiy hayot tarziga qaytib bo‘lmaydi. Shu hafta va oylarda hukumatlar tomonidan moliyaviy manbalarni ommaviy ravishda qayta taqsimlanishi kelajakda kutilayotgan o‘zgarishlar uchqunidir”, — deb ta’kidlagan tashkilot mutaxassislari.

Shuningdek, BMT koronavirus pandemiyasi sabab 30 ga yaqin davlatda ocharchilik bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Hozirdanoq arab davlatlarida 101 milliondan ortiq kishi qashshoqlik yoqasida, 52 million kishi esa to‘yib ovqatlanmaydi.

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 3 million nafardan oshib ketdi, 878 mingdan ziyod kishi kasallikdan tuzalgan. 208 mingdan ortiq kishi kasallik qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 05:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют