» » Levandovski, Xames, Riberi. “Bavariya”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)

Levandovski, Xames, Riberi. “Bavariya”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)


“Daryo” futbol muxlislarining talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib kelmoqda. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida “Bavariya” klubining 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi. Gollar reytingi “Bavariya” matbuot xizmati talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

Goretska myunxenliklar uchun qiyin kechgan bahsda hisobni shu tariqa ochgandi.

Tomas Myuller mavsum debyutidagi uchrashuvda hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgandi. Undan avval Myuller ushbu uchrashuvda bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.

2018/19-yilgi mavsumni “Bavariya”da ijarada o‘tkazgan Rodriges ushbu o‘yinni o‘z benefiga aylantirgan va 2016-yildagi Xamesni eslatib yuborgandi. O‘sha uchrashuvda het-trik qayd etgan kolumbiyalik futbolchi ikkinchi to‘pni o‘z uslubida kiritgandi.

Robert Levandovski mazkur bahsda sobiq jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qiladi, biroq myunxenliklar hisobni ushlab qololmaydi. Marko Roysning dubli va Pako Alkaserning goli dortmundliklarga irodali g‘alabani taqdim etadi.

Robben jarima maydoniga kirib ajoyib zarbasi bilan gol urgan va jamoasining irodali g‘alabasiga hissa qo‘shgandi.

Frank Riberining dublidan keyin braziliyalik futbolchi so‘nggi daqiqalarda mana shu “san’at asari”ga mualliflik qilgandi.

Mehmonlarning himoyadagi xatosidan foydalangan Robert yana dortmundliklar darvozasiga chiroyli to‘p kiritadi. “Bavariya” mazkur o‘yinda prinsipial raqibini tor-mor keltiradi va chempionlik poygasida muhim qadam tashlaydi.

Alaba o‘zining “pushka” zarbasi bilan o‘yinni bezagandi.

Uchrashuvda tezkor gol o‘tkazib yuborgan Myunxen klubi 22-daqiqada Levandovskining shedevri evaziga hisobni tenglashtiradi.

Qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Riberi darvozabon ustidan oshirgan holda to‘p kiritadi. Bu fransiyalik futbolchining “Bavariya” safidagi so‘nggi goli bo‘lib tarixga kirgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют