» » Turkiyada oxirgi bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanganlar soni qariyb 2,4 mingga ko‘paydi

Turkiyada oxirgi bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanganlar soni qariyb 2,4 mingga ko‘paydi


Turkiyada 28-aprel holatiga ko‘ra oxirgi bir sutka ichida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni qariyb 2,4 mingtaga ko‘paydi, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 114 mingdan oshgan, bir sutka ichida vafot etganlar soni esa 92 nafarga yetgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Kocha ma’lum qilgan.

“Bugun koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 2392 ta yangi holat qayd etildi, jami kasallanganlar soni – 114 653 nafar. Biz bugunning o‘zida 92 nafar bemorni yo‘qotdik, kasallikdan o‘lganlar soni 2992 nafarni tashkil etmoqda. Bir sutka ichida 5018 nafar bemor kasallikdan tuzaldi, sog‘ayganlarning umumiy soni 38 809 nafar”, – deb yozgan vazir Twitter’da.

Turkiyaning 30 ta shahrida 11-apreldan boshlab komendantlik soati joriy etilgan. 14-aprelda mamlakat parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli 90 mingga yaqin mahbusni vaqtincha ozod qilishga qaror qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni koronavirusning butun dunyoda tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qilgan. Dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 3 milliondan oshib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют