» » Ukraina hukumati Saakashvili nomzodini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga tasdiqlamadi

Ukraina hukumati Saakashvili nomzodini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga tasdiqlamadi


Ukraina Vazirlar mahkamasi Oliy Radaning Gruziya sobiq prezident Mixail Saakashvilini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga nomzod sifatida bergan taklifini rad qildi. Bu haqda “RBK” xabar bergan.

Saakashvili nomzodining rad qilingani haqida “Senzor.net” nashri bosh muharriri Yuriy Butusov ma’lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi Saakashvili nomzodini ushbu lavozimga tavsiya etish uchun deputatlarning yetarli darajadagi ovozini to‘play olmagan.

“Ukrainskaya pravda” nashri Saakashvili endi prezident Vladimir Zelenskiyning maslahatchisiga aylanishi mumkinligini yozmoqda.

22-aprelda Mixail Saakashvili Vladimir Zelenskiyning unga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini taklif qilganini bildirgan. Oliy Rada ushbu tayinlovni 24-aprelda amalga oshirishi kutilgandi.

Mixail Saakashvili 2015 – 2016-yillarda Ukrainaning Odessa viloyati ma’muriyatini boshqargan. 2017-yilda o‘sha vaqtdagi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan nizo tufayli Saakashvili mamlakat fuqaroligidan mahrum qilingandi. 2019-yilda Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongach, Saakashviliga mamlakat fuqaroligi qaytarib berildi.

Mavzuga doir: Saakashvili Ukraina beshta mustaqil davlatga parchalanib ketishi mumkinligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют