» » Italiyada COVID-19 bilan kasallanish holatlari 200 mingdan oshdi

Italiyada COVID-19 bilan kasallanish holatlari 200 mingdan oshdi


Italiyada bir sutka ichida 2091 nafar odamning koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlandi va mamlakat miqyosida epidemiya boshlanganidan beri COVID-19 yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 201 505 taga yetdi. Bu haqda Italiya fuqaro muhofazasi xizmati hisobotida ma’lum qilingan.

Bir kun avval 1739 ta holat qayd etilgani va bu 10-martdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich ekani aytilgandi. Bu boradagi rekord natija 21-martda ro‘yxatga olingan — shu kuni bir sutka ichida 6557 nafar kishida koronavirus aniqlangandi.

28-aprel holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 2317 nafar Italiya fuqarosi koronavirusdan tuzalgan. Mamlakatdan jami tuzalganlar soni 68 941 nafarni tashkil etmoqda. Bir kun avval esa 1696 nafar bemorning COVID-19’dan forig‘ bo‘lgani aytilgandi.

Koronavirus qurbonlarining soni bir sutka ichida 382 nafarga ko‘payib, 27 359 kishini tashkil qilmoqda. 27-aprel kuni vafot etganlar soni 333 nafar ekani xabar qilingandi. 26-aprelda esa 14-martdan beri eng kam o‘lim holati qayd etilgan. Bu boradagi antirekord 27-mart kuni kuzatilgan: shu kuni Italiyada 969 nafar odam koronavirus sabab dunyodan ko‘z yumgan.

Tuzalganlar va vafot etganlarni qo‘shmagan holda hisob-kitob qilinganda yangi kasallangan fuqarolar soni qisqarib bormoqda – bir sutkada 608 nafar va epidemiya boshlanganidan beri jami 105 205 kishi.

Shuningdek, intensiv terapiya bo‘limlaridagi bemorlar va oddiy davolanish palatalaridagi kishilar soni ham qisqarmoqda. 630 nafar bemor kasalxonalarni tark etgan, jonlantirish bo‘limidan oddiy palataga olinganlar esa 93 nafarni tashkil qilmoqda. Jonlantirish bo‘limini tark etayotganlar soni 4-apreldan beri sezilarli darajada ko‘payib bormoqda va 28-aprel holatiga ko‘ra 1863 nafarga yetgan, bu 16-martdagi natija takrorlanayotganini anglatadi. Kasallanganlarning 79 foizi uy sharoitida “o‘zini yakkalash” tartibiga o‘tgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют