» » Yuqori Chirchiq tumani aholisi murojaatlarining 93,7 foizi ko‘rib chiqildi

Yuqori Chirchiq tumani aholisi murojaatlarining 93,7 foizi ko‘rib chiqildi


15-aprel kuni Yuqori Chirchiq tumani hokimligida O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari tomonidan Parkent hamda Yuqori Chirchiq tumanlari aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Joriy yilning 14-aprel kuniga qadar O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga ikki tuman aholisidan 4660 dan ortiq murojaat tushdi.

Murojaatlarning 2900 dan ortig‘i Yuqori Chirchiq tumani aholisidan bo‘lib, bugungi kunda ularning 93,7 foizi ko‘rib chiqilgan, qolganlari ijroda. Parkent tumani aholisidan tushgan 1744 murojaatning 1603 tasi ko‘rib chiqilgan, 141 murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida.

Murojaatlar, asosan, uy-joy, bank-moliya, moddiy yordam, ish haqi va pensiya, sudlarda ishlar ko‘rilishi, obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi, mehnat va bandlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti kabi yo‘nalishlar bilan bog‘liq.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, davlat qo‘mitalari vakillari, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq va Parkent tumanlari hokimliklari mas’ul xodimlari mazkur murojaatlarni bevosita muhokama qilishi alohida ta’kidlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют