» » Putin ishlanmaydigan kunlarni uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Putin ishlanmaydigan kunlarni uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus sabab e’lon qilingan ishlanmaydigan kunlarni 30-apreldan keyin yana uzaytirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilgan.

“Aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan choralarni uzaytirish to‘g‘risidagi” farmon matniga ko‘ra 6—8-may xodimlarning ish haqi saqlangan holdagi ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilingan. Davlat organlarining barcha rahbarlariga 1—10-mayda aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga e’tibor qaratish vazifasi topshirilgan.

Ishlanmaydigan kunlar avvalgidek uzluksiz ishlab kelayotgan tashkilotlarga, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, kasalxonalar, kommunal, ta’mirlash, favqulodda xizmatlar va hukumat organlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Putin ishlanmaydigan kunlarning may oyidagi bayramlar davrida ham uzaytirilishi haqida 28-aprelda Rossiya aholisiga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tgandi. U ushbu qarorni mamlakatda COVID-19 hali ham cho‘qqisiga chiqmagani va ushbu davr kasallikka qarshi kurashda muhim palla ekanligi bilan izohlagan.

“Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova may bayramlari vaqtida fuqarolardan “o‘zini yakkalash” tartibini buzmaslik va boshqa belgilangan talablarga rioya etishni so‘ragan. Rossiyada 2020-yil 1—5-may taqvimda belgilangan bayram kunlari hisoblanadi va ushbu kunlarda Bahor va mehnat bayrami nishonlanadi, 9—11-may kunlari esa G‘alaba kuni bayram qilinadi.

Avval Rossiya prezidentining matbuot kotibi Putin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan navbatdagi murojaatni yo‘llashi haqidagi xabarlarni inkor etmagani, Dmitriy Peskovning Rossiyada karantin qachon tugashini prognoz qilgani, shuningdek, 16-aprelda Putinning koronavirus pandemiyasi tufayli G‘alaba paradi o‘tkazilishini keyinga qoldirgani haqida xabarlar berilgan edi.

Mavzuga doir: Dmitriy Peskov Putinning virusologga aylanib borayotgani haqida hazil qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют