» » Toshkentdan Moskvaga bortida 174 nafar rossiyalik bo‘lgan reys uchib ketdi

Toshkentdan Moskvaga bortida 174 nafar rossiyalik bo‘lgan reys uchib ketdi


Toshkentdan Moskvaga bortida 174 rossiyalik bo‘lgan samolyot uchib ketdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi vakiliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq Rossiyaning Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi Toshkent—Moskva reysi 29-aprelga belgilanganini ma’lum qilgan. Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, reysga davlat xizmatlari sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan rossiyaliklar qo‘yilgan. Ularga Toshkent xalqaro aeroportiga o‘tishga ruxsatnoma berilgan.

“‘Rossiya’ aviakompaniyasining reysi 29-aprelda Toshkentdan Moskvaga soat 06:32 da uchib ketdi. Uning bortida 174 nafar Rossiya fuqarosi bor”, — deb ma’lum qilgan elchixona vakili.

Rossiya pandemiya sabab 27-martdan boshlab boshqa davlatlar bilan muntazam va charter qatnovlarni to‘xtatgan edi. Biroq olib chiquvchi, yuk, pochta, sanitar va gumanitar reyslar, bo‘sh samolyotlarning texnik xizmat ko‘rsatish uchun bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishi, yoqilg‘i quyish yoki ekipajni almashtirish uchun qo‘nish, tranzit parvozlar hamda Rossiya hukumati qarori bilan amalga oshiriluvchi reyslar bundan mustasno.

Avvalroq xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan va vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati tuzilayotgani haqida xabar berilgan edi. Koronavirus sababli Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun “Saxovat” markazi tashkil etilgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Senat raisi Tanzila Norboyeva Rossiyadan o‘zbekistonlik migrantlar masalasida yordam so‘ragandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-aprel kuni mehnat muhojirlarining ish patenti muddatini 15-iyungacha uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mavzuga doir: Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib keluvchi yangi charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Respublika maxsus komissiyasi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan barcha cheklov choralarini 2020-yil 10-mayga qadar uzaytirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют