» » Suriyada benzovoz portlashi oqibatida tinch aholi vakillaridan 40 nafari halok bo‘ldi

Suriyada benzovoz portlashi oqibatida tinch aholi vakillaridan 40 nafari halok bo‘ldi


Suriyaning Afrin shahrida portlovchi qurilma o‘rnatilgan benzovozning portlab ketishi oqibatida 40 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligiga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida 11 yoshli bola ham bor, yana 47 kishi jarohatlangan bo‘lib, ular shifoxonaga yetkazilgan.

Suriyaning SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash bir necha tinch aholining umriga zomin bo‘lgan. Bundan tashqari, turk harbiy xizmatchilari ham halok bo‘lgan, biroq ularning soniga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, turk harbiylari orasida ham jarohat olganlar bor. SANA’ning ma’lum qilishicha, portlash shahar markazidagi bozorda sodir bo‘lgan.

Turkiya Mudofaa vazirligi portlashda Anqara tomonidan terrorchilik tashkiloti deya ataluvchi Kurdiston ishchi partiyasini ayblamoqda.

AQSh Davlat departamenti Afrindagi vaziyatni deeskalatsiya qilishga chaqirdi. Davlat kotib Maykl Pompeo o‘zining Twitter’dagi sahifasida mazkur portlashni “Afrindagi beayb insonlarga qarshi sodir etilgan qo‘rqoq terrorchilik akti” deb atadi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirlarida Suriya kuchlari tomonidan Idlib viloyatidagi turk harbiy xizmatchilariga aviazarbalar berilgani va buning oqibatida 33 nafar turk harbiysi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют