» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1955 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1955 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 29-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 16 kishiga ko‘payib, 1955 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar soni so‘nggi bor 28-aprel kuni soat 14:00 holatiga ko‘ra 15 nafarga oshib, 1939 nafarga yetgan edi. Shundan beri bemorlar soni o‘zgarishsiz qolayotgan edi.

Qayd etish joiz, 28-aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni (992 nafar) ayni vaqtda koronavirus infekiyasidan davolanayotganlar sonidan (939 nafar) oshib ketdi. 29-aprel soat 10:00 holatida ham sog‘ayganlar soni (hali ham 992 nafar) bemorlar sonidan (955 nafar) ko‘proq.

Qayd etish joiz, O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Singapurlik olimlar O‘zbekistonda koronavirus qachon butunlay tugashini prognoz qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют