» » Saudiya Arabistonida koronavirusga chalingan ayol sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalingan ayol sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi


Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda koronavirusga chalingan ayol sog‘lom chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar beradi Akhbaar24.

Onaning ahvoli yaxshi deya baholanmoqda, ayol sekin-asta tuzalmoqda. Biroq kasalxona shifokorlari tug‘ruq vaqtida koronavirus yuqtirib olmaslik uchun himoya choralarini ko‘rishga majbur bo‘lgan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan chaqaloqqa ham bir qator tibbiy muolajalar qo‘llanilgan.

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat mart oyining boshlarida aniqlangan. Infeksiya Bahrayn orqali Erondan kelgan podshohlik fuqarosida aniqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 20 ming kishidan oshgan, 152 kishi vafot etgan.

Avvalroq Amerikada koronavirus sabab komada yotgan ayol farzandli bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Chirchiq shahridagi maxsus karantin zonasida saqlanayotgan ayol farzandli bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют