» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar bir sutka ichida 36 kishiga, Qirg‘izistonda esa 21 kishiga ko‘paydi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar bir sutka ichida 36 kishiga, Qirg‘izistonda esa 21 kishiga ko‘paydi


Qozog‘istonda 29-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 36 ta holat qayd etilib, kasallikka chalinganlarning jami soni 3063 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 25 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 774 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha Nur-Sultonda — 7 ta, Olmaotada esa 5 ta yangi holat qayd etilgan. Oqmo‘la, Turkiston va Atirau viloyatlarida uchtadan yangi holat aniqlangan bo‘lib, Jambil, Kostanay, Mang‘istov va Pavlodar viloyatlarida — 2 nafardan. G‘arbiy Qozog‘istonda bir kishida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimi 11-maygacha uzaytirilganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 3 ming kishidan oshdi

Qirg‘izistonda 29-aprel holatiga ko‘ra, yana 21 kishida COVID-19 aniqlangan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 729 kishiga yetgan. Koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

O‘tgan bir sutka ichida 21 bemorga statsionardan javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 437 kishi davolandi.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilgani rasman e’lon qilinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda esa 29-aprel 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1955 ta holat qayd etilgan, 15-martdan beri bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan. Hozirga qadar jami 992 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют