» » Toshkent shahri tarkibiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan hududlar nomi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahri tarkibiga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan hududlar nomi ma’lum bo‘ldi


Toshkent shahar hokimligining “Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, Kentsel Yenileme Merkezi A.S. (Turkiya) kompaniyasi ishtirokida Toshkent shahrini 2041-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqilgan.

Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalari O‘zbekistonni kelgusida Markaziy Osiyoning yirik ma’muriy-xo‘jalik, madaniy va ilmiy sanoat markazi sifatida rivojlanishini ko‘zda tutadi.

Poytaxtni shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari quyidagicha hal etiladi:

Konsepsiyada bosh rejaning quyidagi loyiha davrlari qabul qilingan:

Shaharning zamonaviy hududi (2018-yil) 33,06 ming gektarni tashkil etadi. Toshkent shahrining hisoblangan muddatga hududi – 41,5 ming gektarni tashkil etadi.

Konsepsiyada shahar tarkibiga Xonobod posyolkasi, O‘zgarish posyolkasi, Yunusobodning shimol qismi (Zangiota tumani), Salar posyolkasi, Olmos posyolkasi (Qibray tumani) bir qismi, Sergeliga tutash bo‘lgan (Zangiota, Yangiyo‘l, Yuqori Chirchiq tumanlari), Bektemir tumanining janubiy hududlari (Quyi Chirchiq tumani)ni kiritish rejalashtirilmoqda.

Shaharni rivojlantirish uchun Toshkent viloyatining yerlaridan, birinchi galda, qurilish ko‘zda tutilgan yer uchastkalarini ajratish va hisob-kitob muddatiga 8,4 ming gektar yer uchastkalarini ajratish mo‘ljallangan.

Toshkent shahrini istiqbolli rivojlantirish ikki guruh omillar bilan belgilanadi:

Poytaxtlilik, sharoitlarning yuqori standart sifatlariga erishish uchun yo‘naltirilgan hududlarni foydalanish rejimini va funksional tuzilmaviy tashkillashtirilishini ko‘zda tutadi. Rivojlantirishning limitlovchi omillari bo‘lib hududiy va suv resurslarining cheklanganligi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yili O‘zbekistonda Toshkent shahri hududini Toshkent viloyati tumanlari hisobidan kengaytirish bo‘yicha hujjat tayyorlanayotgani ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют