» » “Inter” sobiq bosh murabbiyi Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin

“Inter” sobiq bosh murabbiyi Eron terma jamoasini boshqarishi mumkin


“Inter” klubining sobiq ustozi Andrea Stramachchoni Eron terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deya xabar qilmoqda jurnalist Janluka di Martsio.

Ta’kidlanishicha, italiyalik mutaxassis ayni damda Eron futbol federatsiyasi bilan muzokara olib bormoqda. Stramachchoni Eron terma jamoasida xorvatiyalik Dragan Skochichning o‘rinini egallashi mumkin.

Eron JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining C guruhidan o‘rin olgan. Avvaliga Gonkong (2:0) va Kambojadan (14:0) ustun kelgan forslar so‘nggi ikki turda Bahrayn (0:1) hamda Iroqqa (1:2) yutqazib qo‘ydi. Hozirda jamoa 3-o‘rinda bormoqda.

44 yoshli Stramachchoni faoliyati mobaynida “Inter”, “Udineze”, “Panatinaikos”, “Sparta” va “Istiqlol” jamoalarini boshqargan. Ayni vaqtda murabbiy ishsiz.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют