» » Shavkat Mirziyoyev: Olotni ham, Qorako‘lni ham yangilab olamiz. Sarosima va xavotirga o‘rin yo‘q

Shavkat Mirziyoyev: Olotni ham, Qorako‘lni ham yangilab olamiz. Sarosima va xavotirga o‘rin yo‘q


Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Buxoro viloyatining Olot tumani markazida hudud faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezident viloyatga 27-aprel oqshomida yopirilgan kuchli shamol oqibatlarini bevosita ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurgan edi.

“Olot va Qorako‘lda bo‘lgan voqea — bu ham Xudo taoloning bir sinovi”, — dedi Prezident. Ayni vaqtda, davlat rahbari tabiiy ofat oqibatida katta qurbonlar berilmaganini “Xudoning bergan katta marhamati, juda katta in’omi” deb atadi. “Men kechasi bilan mijja qoqmay, ilohim o‘lim bo‘lmasin dedim”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yuz bergan hodisa haqida, yetkazilgan zararning ko‘lami to‘g‘risida to‘la xabardorligini bildirdi. “Kechadan beri 10 marta ma’lumot berildi, rahbarlar kamerani ham ko‘rsatdi, rasmni ham ko‘rsatdi. Lekin ko‘nglim tinchimadi... Toshkentdan turib gapirish ham mumkin, lekin kelib ko‘rish — mutlaqo boshqa narsa... Sizlar bilan ko‘rishib, ko‘rib ketganim uchun o‘zim tinch yuraman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ilgari kuzatilmagan bunday tabiiy ofat oqibatida zarar ko‘rgan har bir maktab, bog‘cha, shifoxona, xonadon — barchaga qancha mablag‘, kuch va vositalar kerak bo‘lsa berilishini, bu borada qarorlar qabul qilinganini ma’lum qildi. “Hech qanday zarar bo‘lmaydi... Ikkala tumanni ham yangilab olamiz. Romitanni yangi qilgandik, undan ham yangi qilamiz. Olotda ham eski shiferlar... Mayli, buning ham ketgani — ulug‘ ayyom kunlarida sadaqa deydi — sadaqa bo‘lsin-da, hammasini yangilab beraman”, — dedi Prezident.

Mavzuga doir: Shamoldan zarar ko‘rgan Qorako‘l va Olot — Prezident vertolyotidan olingan suratlarda

“Bu mening jonajon xalqim. Har bir mahalla, har bir ko‘cha, har bir xonadon men uchun aziz, mukarram. Shunday aziz xalqimizni qutqarish — hammamiz uchun ham qarz, ham farz. Shuning uchun hech xavotir olmanglar... Ko‘pi bilan 10 kunda bo‘ladi. Uyning oldiga shiferni ham olib borib qo‘yamiz, taxtasini ham olib boramiz... Hech baloni o‘ylamanglar”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu ishlarni 10 yo 5 kun emas, hatto 3 kunda ham qilish mumkin, biroq bunda “karantin bo‘yicha xavf ko‘proq bo‘ladi”, shu bois “bir balodan qutulaman deb, ikkinchi baloni olib kelish” maqsadga muvofiq emas. “Xudo xohlasa, hamma yiqilgan stolbalarni ham tiklaymiz. ‘Amu-Buxoro’ nasos stansiyalarini ham ishga tushiramiz. Hozir temiryo‘ldan texnika olib kelyapmiz, katta-katta tayanchlarni qo‘yib, hammasini joy-joyiga qo‘yamiz. Birorta masala bo‘yicha muammo yo‘q”, — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda qatnashgan jamoatchilik vakillaridan vahima va sarosimaga tushmaslikni iltimos qilib, mana shunday paytda hamma o‘z ichki imkoniyatlaridan foydalanib, “odamlarning ruhi tushmasligi” uchun harakat qilishi kerakligini ta’kidladi. “Eng katta narsa — vahimaga tushmay, saranjom bo‘lib, odamlarimizni saqlashimiz kerak... Hammaning qozoni qaynashiga imkoniyat ham beramiz, boshqa sharoitini ham qilamiz... Sabr kerak, toqat kerak, salgina vaqt kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют