» » Xitoy O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

Xitoy O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi


29-aprel kuni erta tongda Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati yuborgan insonparvarlik yuklari bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi. Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Xitoy tomonidan yuborilgan insonparvarlik yukining bir qismi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, qolgan qismi ham tez orada tayyorlanadi va O‘zbekistonga yetkaziladi.

“Yuklarning qolgan qismidan 100 mingta test tizimi, 50 mingta himoya kiyimi, 150 mingta KN95 tibbiy niqobi, 1 millionta tibbiy jarrohlik niqobi, 150 mingta tibbiyot qo‘lqopi va 1000 dona masofaviy termometr o‘rin olgan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga, Eronga, Afg‘onistonga, Qirg‘izistonga, Tojikistonga, Belarusga, Ozarbayjonga, Vengriyaga insonparvarlik yordami jo‘natdi. O‘z navbatida O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA, Janubiy Koreya va AQShdan yordam oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют