» » Qashqadaryodan Buxoroga yordam berish maqsadida yuborilgan quruvchilar karantin cheklovlari sabab ortga qaytarildi

Qashqadaryodan Buxoroga yordam berish maqsadida yuborilgan quruvchilar karantin cheklovlari sabab ortga qaytarildi


Qashqadaryo viloyatidan Buxoro viloyatiga kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish maqsadida yuborilgan 200 nafarga yaqin quruvch karantin cheklovlari sabab ortga qaytarildi. Bu haqda Qashqadaryo hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabar berilishicha, 28-aprel kuni Buxoro va Qashqadaryo hokimlarining telefon orqali muloqotidan so‘ng, Zoir Mirzayev o‘rinbosari Sirojiddin Azizov boshchiligidagi 200 nafarga yaqin quruvchini qo‘shni viloyatga yuborgan.

Biroq qashqadaryolik quruvchilar Buxoro viloyatiga kirishdagi postda ortga qaytarilgan.

“Tegishli tashkilotlar tekshiruvidan so‘ng ruxsat etilgan taqdirda quruvchi-ustalar qo‘shni viloyatga kirishi ma’lum qilindi”, — deyiladi Qashqadaryo hokimligi axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 27-aprel kuni respublika hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan. Yuzaga kelgan shamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. 27-aprel oqshomida yopirilgan kuchli shamol oqibatida viloyatda kamida 41 kishi tan jarohati olgan, bir kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют