» » Farg‘onada yana 2 kishi tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 994 kishiga yetdi

Farg‘onada yana 2 kishi tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 994 kishiga yetdi


Farg‘onada koronavirusga chalingan ikki bemor ham sog‘ayib, reabilitatsiya markaziga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalib chiqqanlarning ikkalasi ham erkak, ularning bir nafari (65 yoshda) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Turkiyadan kelgan, ikkinchisi esa farg‘onalik (54 yoshda), Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatida kasallikka chalingan jami bemorlarning 61 nafar davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘ylab esa koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 994 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq koronavirusga chalingan qashqadaryolik birinchi bemor sog‘aygani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi

O‘zbekistonda 29-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1955 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют